获取下载链接
歌词

作词 : Ummon Guruhi

作曲 : Ummon Guruhi

Sevaveraman -Ummon Guruhi

Lyrics by:Ummon guruhi

Composed by:Ummon guruhi

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman sevaveraman sevaveraman

O'zga yo'llar ko'zga cho'llar ko'rinar

Kuzgi barglar kabi dardlarim to'kilar

Bu bahorlar yana kurtak ochib kelaverar

Lek bu bo'ronlar sani qaytmasliging bildirar

Qora ko'zlar shirin so'zlar bevafo

Ochib bag'rim qizaloqqa bo'lib qolibman mubtalo

Baxtli bo'lgin bu dunyoda tingla madadli navo

Bir o'giz shirin so'zingga qilay jonimni fido

Naqadar go'zal edi bizga berilgan tuyg'u

Ketding o'zga qo'llariga solib qalbimga qayg'u

Mayli sani sevaveray toki sevgi bor mangu

Manga bo'lgan muhabbating ko'zlarimning nuri-ku

Bilardingku sani deya yashar edim har on

Shirin so'zlaring etardi qalbimni vayron

O'zga yoring borku sani sevaveribman hayron

Bugungi kunim esa kechagidan pushaymon

Sevganim bekor bo'lsa ham beray bir savol

Qanday mani sevib o'zgani suydi u visol

Endi ne qilay qilay aytgin qay yo'ldan boray

Balki shu yo'ldan davom etay balki chekinay

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman sevaveraman sevaveraman sevaveraman

Eslasam o'tgan kunim ko'zlarimga to'lar yosh

Naqadar ekan mani sevgan yorim bag'ri tosh

Bu azoblarga yana qancha berayin bardosh

Mani muzlagan hislarim eritolmadi quyosh

Sani manga bo'lgan muhabbating bo'ldi xotira

Bugun kechqurun qo'ng'iroq qilib yana osildi

Shu yolg'onlaringda mani dardim topmadi malham

Manga ko'ngling yo'qligini bilsam ko'zlarimda nam

Toki hayotman sani sevaveraman abad

Toki bu dunyoda bordir shirin dardli muhabbat

Mandan olib qo'yishgan bo'lsada ul sevgan yorim

Lekin olib qo'yisholmas yurakdagi hislarim

Dardlarim to'la qiynaydi yuragimda g'amlarim

Cheksiz bo'lsada sani sevaman doim

Sani sevaman doim

Sevganim bekor bo'lsa ham beray bir savol

Qanday mani sevib o'zgani suydi u visol visol

Endi ne qilay qilay aytgin qay yo'ldan boray boray

Balki shu yo'ldan davom etay balki chekinay chekinay

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman sevaveraman

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman sevaveraman

Garchi bo'lsada shirin so'zlaring yolg'on

Baribir sevaman

Baribir sevaman

Mayli mandan voz kechgan bo'lsang hamki

Sevaveraman sevaveraman