获取下载链接
歌词

作词 : Rashid Holiqov

作曲 : Rashid Holiqov

Qalbing yaralandi,

Osmondan ayrildi,

Ko’zlaring berkildi,

Qora tun bo’ldi dunyo.

Taqdirda bor ekan,

Sevsang ko’r o’zingdan.

Joningga qayg’urgan

Shafqatli bo’lmas dunyo.

Nechun dil notinch?

Yog’adi yomg’irlar.

Dil notinch tebransa tuyg’ular.

Seni deb qalbimda yo’q sevinch.

Nechun dil notinch?

Sindi ming orzular.

Dil notinch o’ylansa xayollar,

Seni deb qalbimda yo’q sevinch.

Endi u kelmaydi,

Holingni so’rmaydi.

Uning o’zga yori bugun

Hammadan, hamon afzal.

Qoldi dilda tamg’a,

Aylanib alamga.

Boqsang o’tmishingga

Hali ham kunlar go’zal.

Nechun dil notinch?

Yog’adi yomg’irlar.

Dil notinch tebransa tuyg’ular.

Seni deb qalbimda yo’q sevinch.

Nechun dil notinch?

Sindi ming orzular.

Dil notinch o’ylansa xayollar,

Seni deb qalbimda yo’q sevinch.

Nechun dil notinch?

Sindi ming orzular.

Dil notinch o’ylansa xayollar,

Seni deb qalbimda yo’q sevinch.